Mehnat barakaning mahsulidir (+video)
Abdusamin Sattorov Namangan viloyati Pop tumani Nayman mahallasida yashaydi. U yoshlar yetakchisi ko‘magida e-auksion orqali 30 yil muddatga yer olishga erishdi. Bu Abdusaminning dehqonchilik qilishi va qo‘shimcha daromad topishi uchun katta imkoniyat yaratdi.
Qahramonimiz bu yilgi mavsumda ajratilgan yer maydonidan foydalangan holda 30-40 million so‘m daromad topishni maqsad qilgan.
– Oila tashvishlari va ishsizlikdan majbur bo‘lib, chet davlatlarga ketardik, – deydi A.Sattorov. – Davlatimiz tomonidan astoydil ishlashni, daromad topishni istagan yoshlar uchun imkoniyatlar berilyapti. O‘z yurtingda, oilang bag‘rida halol mehnat qilib yurganingga nima yetsin!
Abdusamin bilan tashkil etilgan intervyuning to‘liq shaklini O‘zAning You Tube sahifasida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/yygf-zSPf_U?si=oe91n0MHm61LlCAd" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva,
O‘zA