Maymun chechagi pandemiya deb e’lon qilindi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda maymun chechagi 58 mamlakatda tarqalgan bo‘lib, ushbu infeksiyaga chalingan bemorlar soni 3 417 nafarga yetdi.
Shu sababdan kasallik global falokatga aylanib ketmasligi uchun tashkilot tomonidan shoshilinch profilaktika choralarini ko‘rishni talab qiluvchi deklaratsiya tayyorlandi, deb xabar qiladi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Unda kasallik tarqalish tezligi va ko‘lami ortayotganligi qayd etilmoqda. Agar vaqtida zarur choralar ko‘rilmasa, bu xavfli kasallik kelajakda millionlab insonlarning o‘limi va nogironligiga olib kelishi mumkin.
Demak, dunyo davlatlarining bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarini birlashtirish vaqti keldi. O‘z navbatida, JSST tomonidan tegishli choralar ko‘riladi.
«Biz zudlik bilan chora ko‘rish orqali kasallikning oldini olishimiz mumkin. Buning uchun aholining infeksiya simptomlari va asoratlari, shuningdek, ehtiyot choralari haqidagi xabardorligini oshirishimiz zarur», – deydi ekspert.
Bu JSST ning maymun chechagini pandemiya deb e’lon qilish uchun asos bo‘ldi.
O‘zA