Matonatli para triatlonchilar chempionlik uchun bahslashdi
Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida para triatlonning akvatlon yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi. 20 nafarga yaqin para sportchi ishtirok etgan musobaqada 500 metr masofaga suzish hamda 3 km. masofaga yugurish bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tdi.
Matonat va iroda timsoli bo‘lgan para triatlonchilar ishtirokidagi murosasiz bahslar yakunida Andijon viloyati vakillari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Musobaqada g‘olib va sovrindorlikka erishgan sportchilarga O‘zbekiston milliy paralimpiya qo‘mitasi tomonidan maxsus diplomlar topshirildi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA