Marsni isitish usuli taklif qilinmoqda
Olimlar xulosasiga ko‘ra, qizil sayyora Selsiy bo‘yicha taxminan 28 daraja qizdirilsa, muz eriydi va mitti organizmlar gullab-yashnashi uchun sharoit yuzaga keladi. Shunda inson turmush kechirishi ta’minlanadigan qulay muhit yaratiladi.
Xorij OAV ma’lum qilishicha, Mars yuzasining uchdan bir qismi suv bilan qoplangan. 600 ming yil avval daryolar oqqan sayyora hozir hayot uchun mos kelmaydigan darajada sovuq.
Yillar davomida mutaxassislar Marsni qanday isitish yo‘lini topishga harakat qilishdi, ammo ayni paytgacha taklif qilingan texnologiyalar o‘ta qimmatligi sabab amalga oshirilishi qiyinligi e’tirof etilgan.
Endilikda Chikago, Illinoysdagi Shimoli-g‘arbiy hamda Markaziy Florida universitetlari xodimlari temir va alyuminiydan hosil qilingan zarrachalar yorug‘likni aks ettirib, issiqlikni ushlab turish uchun ishlatilishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Ayni usul oddiy, yaltiroq maxsus zarrachalar yaratish imkonini berishi mumkin. Bu materiallar Marsga ko‘chirilishi shart emas, ya’ni operatsiyani amalga oshirish juda qulay.
– Marsni isitish ushbu sayyorani yashash uchun yaroqli holga keltirish yo‘lidagi ilk zarur qadamdir, – deydi tadqiqotda ishtirok etgan Chikago universiteti sayyorashunosi Edvin Kayt. – Issiqxona gazini chiqarishga qaratilgan avvalgi konsepsiyalar Marsda yetishmaydigan ulkan resurslar talab qilardi.
Qayd etilishicha, atmosferaga ko‘tariladigan Mars pardasi sayyoradagi oddiy changga qaraganda ancha sekin joylashadi, ya’ni yerda uzoq vaqt qoladi.
– To‘g‘ri, Marsni isitish uchun millionlab tonna yorug‘lik kerak, – qo‘shimcha qilgan ekspert. – Binobarin, bu avvalgi takliflar doirasida qizil sayyorani global miqyosda isitish uchun talab qilingan miqdordan besh ming barobar kam. Demak, hozir loyihani amalga oshirish imkoni sezilarli darajada oshgan.