Markazda 1,5 ming nafarga yaqin fuqaro tahsil oldi
Yurtimizda mehnat bozorining samarali mexanizmlarini joriy qilish, aholining ishchanlikligini oshirish, kambag‘al va ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunarga hamda tadbirkorlikka o‘qitish, shu asosda ularni doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, bandligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Andijon shahrida tashkil etilgan “Ishga marhamat” monomarkazida ham bu borada e’tborga molik ishlar olib borilmoqda. Jumladan, ichki va tashqi mehnat bozori uchun yuqori kasbiy malakaga ega mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini hamda xorijda mehnat faoliyatini tashkil etish borasidagi ishlar olib borilib, yuqori kasbiy malakaga ega mutaxassislar tayyorlanmoqda.
[gallery-5992]
Ayni paytda markazda servis va xizmat ko‘rsatish, texnika, umumqurilish, xorijiy tillar sohalari bo‘yicha 24 ta ixtisoslik yo‘nalishi bo‘yicha 2 smenada o‘quv kurslari tashkil etilgan. Umuman, markaz faoliyat boshlagandan buyon 1 ming 500 nafarga yaqin fuqaro turli ixtisosliklar bo‘yicha o‘quv kursini tamomladi. Shuningdek, bitiruvchilarni tadbirkorlikka jalb etish, ularning istiqbolli loyihalari uchun kreditlar ajratilishiga yaqindan yordam ko‘rsatilmoqda.
F. UBAYDULLAEV,
Z. UMRZOQOV (surat),
O‘zA