Mark van Bommel Belgiya terma jamoasini boshqaradi
Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2028-yil iyun oyiga qadar amal qiladi.
Niderlandiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Mark van Bommel Belgiya milliy terma jamoasini boshqaradi.
Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, Mark van Bommel Belgiya futbol federatsiyasi bilan milliy terma jamoa bosh murabbiyi lavozimini egallash bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishdi.
Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2028-yil iyun oyiga qadar amal qiladi. Niderlandiyalik mutaxassis ushbu lavozimda Rudi Garsiyaning o‘rnini egallaydi va Belgiya milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylanadi.
