Mariya Timofeyeva Fransiyada chempion bo‘lmoqchi
Tennis bo‘yicha WTA 250 toifasiga kiruvchi “Open de Rouen” turniri 13-19-aprel kunlari Fransiyaning Ruan shahrida bo‘lib o‘tadi. Ayni damda esa ushbu musobaqaning saralash bahslari o‘tkazilmoqda.
Biz uchun ahamiyatlisi mazkur nufuzli musobaqaning asosiy to‘r bahslariga yo‘llanma beruvchi saralash bellashuvlarida mamlakatimizning uchinchi raqamli tennischisi Mariya Timofeyeva ishtirok etmoqda. U biroz avval saralashning 1/2 finalida fransiyalik Yaroslava Bartashevichni 7:5, 6:1 hisobida taslim etdi.
Endi Mariya Timofeyeva mukofot jamg‘armasi 283 ming 347 AQSH dollarni tashkil etuvchi “Open de Rouen” turniri saralash finalida yana bir mezbon tennischi Xloe Pakega qarshi kortga chiqadi. Ma’lumot uchun, Mariya hozirda WTA reytingida 153, Xloe esa 236-o‘rinni egallagan.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA