Marhabo jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi
Portugaliyada stol tennisi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda mamlakatimiz sharafini Marhabo Magdiyeva himoya qilmoqda.
Yosh tennischimiz chempionat yakkalik bahslarining birinchi turida italiyalik Jamila Laurentini 4-0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, navbatdagi bosqichda rossiyalik Yelizabet Abramyanga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Marhabo mazkur musobaqaning juftlik va aralash juftlik bahslarida ishtirok etib ilk davrada mag‘lubiyatga uchragan edi.
Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA