"Manchester Siti" chempionlik o'yinida "Arsenal"dan ustun keldi
Mazkur bellashuvda "shaharliklar" London klubini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
APLning 33-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv yakunlandi.
Ushbu turda Arteta usztozlik qilayotgan "Arsenal" hamda Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" jamoalari to‘qnash keldi. Mazkur bellashuvda "shaharliklar" London klubini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Dastlab uchrashuvning 16-daqiqasida Mateush Nuneshning uzatmasidan so‘ng Rayan Sherki hisobni ochishga erishdi. Oradan 2-daqiqa o‘tgach "to‘pchilar" hujumchisi Kai Haverts Donnarummaning xatosidan so‘ng gol kiritib, muvozanatni tikladi. O‘yinning 65-daqiqasida esa Erling Xoland mezbonlarning ikkinchi golliga mualliflik qildi.
Bu uchrashuvda hamyurtimiz Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi va to‘liq 90-daqiqa harakat qildi. Xusanov bu bahsdagi ishtiroki uchun "FotMob" portali tomonidan 7,7 ballga loyiq ko‘rildi.
Bu g‘alabadan so‘ng Gvardiola shogirdlari "kanonirlar" bilan oradagi farqni 3 tagacha qisqartirdi. "Siti" keyingi uchrashuvini 23-aprel kuni "Byornli"ga qarshi o‘tkazadi. Agar bu uchrashuvda ham g‘alaba qozonishga erishsa, "shaharliklar" turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib, oladi.