Ma’naviy-ma’rifiy ishlar sarhisob qilindi
Buxoro viloyat Ma’naviyat va ma’rifat kengashi tomonidan 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Ta’kidlanganidek, Ma’naviyat va ma’rifat maskanlarini barpo etishning ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlash, aholi, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbida ma’naviy fazilatlarni yuksaltirish, oila va mahallalarda hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida viloyatning barcha hududlaridagi Ma’naviyat va ma’rifat maskanlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni sifat va mazmun jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
[gallery-21067]
Mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, shukronalik va oila ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarni ilm-fan, ta’lim-tarbiya, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi targ‘ibot ishlarini amalga oshirishda ko‘maklashuvchi “Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot guruhi”ni shakllantirish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ishlariga ziyolilar, nuroniylar, jalb qilindi. “Vatan muqaddas”, “Ezgulik shiorimiz, ma’rifat qurolimiz”, “Mahallada duv-duv gap”, “Oila – muqaddas”, “Oila obod bo‘lsa, mamlakat obod bo‘ladi”, “Oilaviy ajrimlar – jamiyatning tanazzuli”, “Bir asrning ikki dahosi”, “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Inson qadri”, “Kitob – inson ma’naviyati ko‘zgusi”, “Zamonamiz qahramonlari”, “Kitobxon onalar”, “Ayollari e’zozlangan yurt”, “Xon atlas-milliy libosimiz” “Yangi O‘zbekistonning Vatanparvar yoshlari”, “Bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak vatanmiz”, “Yurakni madh etgan sado!” kabi qator ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot tadbirlari, ko‘rik-tanlovlar hamda intellektual o‘yinlar o‘tkazildi. Shuningdek, respublika ilmiy-amaliy konferensiyalari, seminarlar, ma’naviyat va ma’rifat o‘quvlari hamda ma’rifat soatlari o‘tkazildi.
Mahallalarda tashkil etilgan tadbirlarda nuroniylar, uyushmagan yoshlar, profilaktik va probatsiya hisobida turuvchi fuqarolar, ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklanganlar, shuningdek, mahalla yettiligi hamda tuman, shaharlardagi barcha mahallalarning raislarining ishtiroki ta’minlandi. 155 ming 500 dan ziyod aholi qamrab olindi.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA