Mamlakatimizda "Muzeylar haftaligi" bo‘lib o‘tmoqda
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida o‘tkazilayotgan ushbu tadbir hamyurtlarimiz, ayniqsa, yoshlarni muzeylar faoliyati, ulardagi eksponatlar bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda muzeylar faoliyatini tubdan takomillashtirish, ulardagi eksponatlar bilan xalqimiz, ayniqsa o‘quvchi-yoshlarni keng tanishtirish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Yangi 2022/2023 o‘quv yiliga hamohang tarzda o‘tkazilayotgan "Muzeylar haftaligi" yoshlarning milliy tariximiz, ilm-fan, madaniyatimizga oid bilimlarini yanada boyitishga xizmat qilishi shubhasiz.
Madaniy meros agentligi axborot xizmatiga ko‘ra, keyingi yillarda mamlakatimizda sohaga qaratilayotgan e’tibor natijasida Muynoq Ekologiya muzeyi, Shahrisabz shahridagi "Maqom muzeyi", Erkin Vohidov uy-muzeyi, Mutal Burxonov uy-muzeyi, Xaziniy uy-muzeyi, Abdulla Qodiriy me’morial muzeyi, Abdulla Qodiriy uy-muzeyi, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li yodgorligi muzeyi, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi, Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyi kabi moziygohlar tashkil etilgan.
N.Usmonova, O‘zA