Mamlakatimiz bo‘ylab tut ekish ishlari davom etyapti
Davlatimiz rahbarining 2021 yil 30 dekabrdagi «Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni asosida butun mamlakat miqyosida daraxtzorlarni ko‘paytirishga qaratilgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi tatbiq etildi.
Loyiha doirasida mamlakatimiz bo‘ylab mevali va manzarali daraxtlar ekish, ularni ekologik jihatlardan kelib chiqib parvarishlash ishlar jadal davom etmoqda.

Xususan, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan respublikamiz bo‘ylab 54 ming gektardan ortiq yer maydoniga 150 ming tupga yaqin tut yeo‘chatlari ekilishi ko‘zda tutilgan. Shundan 17 ming tupga yaqin tut daraxti Qashqadaryo viloyatiga ekilishi rejalashtirgan.

Hoziga qadar viloyatning Kasbi, Koson tumanlarida dala atrofiga 10 ming tup tut ko‘chatlari ekilib, ipak qurti zaxira bazasi kengaytirildi.
Shuningdek, Kitob, Yakkabog‘, Chiroqchi tumanlarida mavjud tutzorlar holati o‘rganilib, tut qatorlar oralarida agrotexnik tadbirlar o‘tkazildi.
Tut ekish ishlar barcha viloyat hududlarida davom etmoqda.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA