Mamlakatdagi eng yirik koʻprik ochildi
Hindistonda mamlakatdagi eng yirik koʻprik ochildi.
Hindistonda mamlakatdagi eng yirik koʻprik ochildi. “Times of India“ gazetasi xabariga koʻra, Hindiston shimolidagi Assam shtatida temir yoʻl va avtomobil transportlari uchun moʻljallangan koʻprikning ochilish marosimida bosh vazir Narendra Modi qatnashgan.
Maʼlumotlarga koʻra, Xitoy bilan chegara hududdagi bu koʻprik Hindistonning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Unga zarurat tugʻilgan vaziyatlarda qiruvchi samolyotlar qoʻnishi mumkin boʻladi.