Mamlakat chempionati yakunlandi
Toshkent viloyatida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida eng kuchli sportchilar o‘n besh vazn toifasida g‘oliblik uchun bahslashdi.
Toshkent viloyatida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida eng kuchli sportchilar o‘n besh vazn toifasida g‘oliblik uchun bahslashdi.Erkaklar o‘rtasidagi vazni 56 kilogrammgacha bo‘lgan atletlar bellashuvida Ruslan Makarov birinchi o‘rinni egalladi. Vazni 62 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasida Humoyiddin Jabborov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
O‘z vazn toifasida Alisher Abdullayev, Fayzullo Nabiyev, Javlon Abdusattorov, Sherzod Ro‘zmetov, Muhammad Yusupov, Ivan Yefremov mamlakat chempioni bo‘ldi.
Xotin-qizlar o‘rtasidagi bahslarda mamlakatimizning yetakchi sportchilari Mahliyo Tog‘ayeva, Marina Sisoyeva, Lola Qodirova, Muattar Nabiyeva, Omadoy Otaqo‘ziyeva, Manzura Mamasoliyeva, Mohinur Tojiahmedova, Sitora Qahramonova o‘z vazn toifasida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.