Malida isyonchilar sobiq prezident Bubakar Keytani ozod qildi
Malida isyonchilar vakili Jibrilla Maiga mamlakatning lavozimidan isteʼfo bergan sobiq prezidenti Bubakar Keytaning ozod qilingani haqida maʼlumot berdi.
Malida isyonchilar vakili Jibrilla Maiga mamlakatning lavozimidan isteʼfo bergan sobiq prezidenti Bubakar Keytaning ozod qilingani haqida maʼlumot berdi.
Sobiq Prezident 18-avgustdagi davlat toʻntarishidan soʻng Katidagi harbiy bazada isyonchilar qoʻlida asir tutib turilgandi. “Jeune Afrique” portalidagi maʼlumotga koʻra, isyonchilar uni ozod qilib, poytaxt Bamakodagi uyiga olib borib qoʻyishga qaror qilgan, uning uyi harbiylar tomonidan qoʻriqlanadi. Mamlakat rahbariyatining asirga olingan boshqa vakillari ozodlikka chiqarilmagan.
Eslatib oʻtamiz, isyon mamlakat poytaxti Bamako yaqinidagi harbiy bazadan boshlangan. Shundan soʻng bir necha soat oʻtib asirga olingan Prezident Ibragim Bubakar Keyta oʻzining isteʼfosi va parlamentni tarqatib yuborish boʻyicha qarorini eʼlon qilgandi.