Mali shimolida isyonchilar armiya va Rossiya bazasini qamal qildi
Mali shimolidagi Anefis shahrida bir necha kundirki shiddatli jang davom etyapti. “Azavad Ozodlik fronti” tuzilmasiga qarashli Tuareg isyonchilari milliy armiya va Rossiyaning “Afrika korpusi” tomonidan ushlab turilgan harbiy bazani qamal qilishdi.
Guvohlar aytishicha, shahar minomyot snaryadi va dron hujumiga uchragan.
Mahalliy manbalar isyonchilar shaharning aksar qismini nazoratga olgani, faqat harbiy baza Mali va RF kuchlari nazorati ostida qolayotganini ta’kidlagan. Allaqachon Gao shahridan hududga qo‘shimcha kuch yuborilgan.
“Afrika korpusi” RF Mudofaa vazirligi ko‘magida 2023-yil oxiri-2024-yil boshida Rossiyaning ushbu qit’adagi harbiy va iqtisodiy manfaatini himoya qilish uchun tuzilgan harbiylashtirilgan kuchlari hisoblanadi. Mazkur tuzilma ilgari faoliyat yuritgan Vagner bo‘linmalari o‘rnida tashkil etilgan.
Tuareglar esa 2012-yildan buyon Malida mustaqillik uchun kurashib kelayotgan etnik guruhdir.
S.Rahimov, O‘zA