Malayziya parlamenti delegatsiyasi Samarqandda
Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Malayziya parlamenti Senati raisi o‘rinbosari Nur Jazlan Muhammad boshchiligidagi delegatsiya bugun Samarqandga tashrif buyurdi.
Mehmonlar shahar bilan tanishuvni Amir Temur maqbarasidan boshladi. Sohibqiron va temuriylarning davlatchilik tarixi, bunyodkorlik ishlari haqidagi ma’lumotlar ularda katta qiziqish uyg‘otdi.
– Bundan avval Samarqandga 2009-yilda kelgan edim, – deydi Malayziya parlamenti Senati raisi o‘rinbosari Nur Jazlan Muhammad. – O‘tgan davr mobaynida juda katta o‘zgarishlar amalga oshirilibdi. Samarqand haqiqatan ham turizm poytaxtiga aylanib boryapti. Men birinchi navbatda oilamdagilarning Samarqandga sayohat qilishlarini taklif etaman. Shuningdek, tashrifimiz davomida parlamentlar o‘rtasida hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdik. Kelgusida o‘zaro hamkorligimiz yanada mustahkamlanadi, deb o‘ylayman.
[gallery-17760]
Malayziya parlamenti vakillari Registon maydoni, Amir Temur jome’ masjidi, qadimiy Siyob dehqon bozori va boshqa bir qancha diqqatga sazovor joylar bilan tanishdi.
G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat),
O‘zA muxbirlari