Maktablarda 2023/2024 o‘quv yili 4 sentyabrdan boshlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2 sentyabr qo‘shimcha dam olish kuni, 1-3 sentyabr barcha uchun dam olish kunlari hisoblanadi.
Shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2023/2024 o‘quv yili Respublikaning barcha maktablarida 2023 yilning 4 sentyabridan (dushanba) boshlanishini ma’lum qildi.
N. Usmonova, O‘zA.