Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri So‘x tumanida
FOTOREPORTAJ
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida bo‘lib, pedagoglar bilan uchrashdi.
Учрашувда 200 nafardan ziyod maktab o‘qituvchisi, faxriy ustozlar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi. Samimiy ruhdagi muloqot davomida ishtirokchilarning soha faoliyatiga doir takliflari, fikr va mulohazalari tinglandi.
Tadbirda so‘z olgan pedagoglar davlatimiz tomonidan ta’lim tizimiga berilayotgan alohida e’tibor va bu islohotlarning eng olis hudud bo‘lgan So‘x tumanidagi natijalari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
[gallery-19143]
Sohadagi uzoq yillik fidokorona mehnati bilan e’tibor qozongan bir guruh o‘qituvchilar “Xalq ta’limi a’lochisi” va “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, tumandagi 9 ta maktabga kompyuter jamlanmalari topshirildi.
Shu kuni vazir tumanning Chashma qishlog‘ida qurib foydalanishga topshirilgan yangi zamonaviy 30-maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, maskanda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA