Maktab kutubxonasiga kitoblar sovgʻa qilindi
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Book challenge” loyihasi Buxoro viloyatida ham davlat va jamoat tashkilotlari, keng jamoatchilik tomonidan qizgʻin qoʻllab-quvvatlanmoqda
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Book challenge” loyihasi Buxoro viloyatida ham davlat va jamoat tashkilotlari, keng jamoatchilik tomonidan qizgʻin qoʻllab-quvvatlanmoqda.
Buxoro viloyati hokimi Oʻ.Barnoyev mazkur loyiha doirasida oʻzi tahsil olgan Qorakoʻl tumanidagi 15-umumtaʼlim maktabi kutubxonasiga kitoblar sovgʻa qildi. Oʻzbek va jahon adabiyotining sara namunalaridan iborat kitoblar jamlanmasini viloyat hokimi nomidan Qorakoʻl tumani hokimi H.Gʻoyirov topshirdi.



