Maktab formalari yarmarkasi – qulay va hamyonbop
FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyatidagi umumta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili oldidan “Maktab formalari yarmarkasi” tashkil etilmoqda. Maktab formasini joriy etishdan maqsad o‘quvchilarning kiyinish madaniyati va tartib-intizomga amal qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, ma’naviy va jismoniy sog‘lom avlodni kamol toptirish, o‘quvchilar orasida o‘zaro tenglik va cog‘lom raqobat muhitini yuzaga keltirishdan iborat.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”da o‘quvchi libosi har bir maktab nizomida ko‘rsatilishi va o‘quvchilar ushbu libosda orasta kiyingan holda maktabga kelishlari belgilangan. Albatta, har bir ta’lim muassasasida maktab formasi ota-onalar va o‘quvchilarning istaklari asosida tanlanadi.
Buxoro tumanidagi 25-umumta’lim maktabida ham ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida “Maktab formalari yarmarkasi” tashkil etildi.
[gallery-18736]
Ushbu yarmarka ota-onalarga o‘z farzandlari uchun har tomonlama qulay, sifatli va hamyonbop maktab liboslarini tanlab, xarid qilishda qo‘l kelmoqda.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA