Mahsulot xorijga eksport qilinadi
Navoiy viloyatining Navbahor tumani “Qorovultepa” mahallasida “PURE NATURE OILS” MCHJ tomonidan o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish zavodi faoliyatini boshladi.
Loyihani amalga oshirish uchun “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan imtiyozli kredit ajratilib, 7 million AQSH dollari sarflandi, shundan xorijiy kredit 2,1 million AQSH dollarini tashkil etadi.

Mazkur zavod bir sutkada 200 tonna chigitni qayta ishlab, 35 tonna o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Yuqori texnologiyalarga asoslangan asbob-uskunalar Xitoy va Turkiya davlatlaridan keltirilgan bo‘lib, korxonada 100 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.


Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar Tojikiston, Qozog‘iston, Afg‘oniston kabi qo‘shni davlatlarga eksport qilinishi rejalashtirilgan.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri