Mahalliy Kengashlar deputatlari oʻqitiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishi asosida mahalliy Kengashlar deputatlari uchun 3 kunlik oʻquv-seminarlari tashkil etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishi asosida mahalliy Kengashlar deputatlari uchun 3 kunlik oʻquv-seminarlari tashkil etiladi.
Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari joriy yilning 9-16-mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida oʻtkazilishi belgilangan.
Tuman (shahar) Kengashlari deputatlari esa 16-mart — 2-may davomida Nukus shahri va viloyatlar (Toshkent viloyatidan tashqari) markazlarida uyushtiriladigan oʻquv-seminarlarda ishtirok etadilar. Ularda hududdagi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, Akademiya filiallari trenerlari mashgʻulot oʻtishi koʻzda tutilgan.
Toshkent viloyati va Toshkent shahar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari deputatlari uchun uquv-seminarlar 2020-yil 26-mart-25-aprel kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boʻlib oʻtadi.