Mahallamiz obodligiga hissa qo‘shaylik
“Yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘yicha belgilangan dolzarb qirq kunlik doirasida Qashqadaryo viloyatidagi har bir shahar, har bir tuman, balki har bir mahallada daraxt ekish tadbirlari davom etmoqda. Ushbu xayrli tashabbusni eshitgan borki, hissa qo‘shishga intilmoqda.
Xususan, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Nishon tumani bo‘linmasi tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumandagi Paxtakor MFY hududida 360 tup turli xildagi mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Bundan tashqari, yo‘l atroflari va ariqlar tozalanib, tartibga keltirildi.
O‘lmas Barotov, O‘zA.