Mahallalar yoshlari “Besh tashabbus olimpiadasi”da o‘zaro bellashdi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyatida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalarining stol tennisi hamda yengil atletika bo‘yicha bahslarining mahallalar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kitob o‘qish, milliy hunarmandchilikka qiziqtirish hamda jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan e’tiborini oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda 16-21, 22-26 va 27-30 yosh toifasidagi o‘g‘il-qizlar o‘zaro bellashdi. Jumladan, stol tennisi musobaqasida Qumqo‘rg‘on tumanining Yuksalish, Qarsoqli va Imomtepa mahallalaridan 90 nafar yosh qatnashdi.
[gallery-16476]
Ta’kidlash kerak, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalarini o‘tkazish uchun respublikamizning barcha mahallalariga futbol, voleybol va basketbol koptoklari hamda gimnastrada halqalari yetkazib berilgan.
Musobaqalar murosasiz va qiziqarli kechdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar sektor bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA