Mahalla yoshlari “Street workout” bo‘yicha bellashdi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi Navbahor mahallasida yoshlar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning “Street workout” turi bo‘yicha bellashuvlarning mahalla bosqichi bo‘lib o‘tdi.
[gallery-16700]
Mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, iqtidor va iste’dodini yuzaga chiqarish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadiga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikki mavsumi doirasida o‘tgan 2023-yilda 21 dan ortiq tanlov va musobaqalar tashkil etilib, ularga birinchi mavsumda 480 ming nafar, ikkinchi mavsumda 537 ming nafar o‘g‘il-qiz qamrab olindi. Olimpiadaning navbatdagi, joriy yil birinchi mavsumi doirasida madaniyat, san’at, sport, IT va kasblar tanlovi kabi qator muhim yo‘nalishlarni o‘zida qamrab olgan 26 ta tanlov va musobaqa o‘tkazilishi belgilandi.
Musobaqada 18-30 yosh toifasidagi mahalla yoshlari “Street workout” bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA