Mahalla yoshlari sportga jalb etilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 apreldagi "Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida mahallalarda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini tizimli tashkil etish orqali sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni ommaviy sportga jalb etish borasida muhim vazifalar belgilab berildi.
Namangan muhandislik-texnologiya institutining professor-o‘qituvchilari mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda mahallalarda sportni keng targ‘ib etish ishlarida faollik ko‘rsatmoqda.
Oliy ta’lim muassasasining muay-tay sport turi bo‘yicha murabbiyi, dotsent Ulug‘bek Qo‘chqorov Namangan shahrining Davlatobod tumanida joylashgan "Orzu" mahalla fuqarolar yig‘inidagi uyushmagan yoshlar va 84-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilariga mahorat mashg‘ulotlarini olib bordi.

bugungi kunda “Orzu” mahallasida 350 nafardan ziyod sportga qiziqishi bo‘lgan yoshlar yashaydi. Ular institut qoshida tashkil etilgan sport to‘garaklariga taklif qilindi.

Bu kabi loyihalardan ko‘zlangan asosiy maqsad, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Besh muhim tashabbus doirasida yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sporni keng targ‘ib qilish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA