Mahalla raislari uchun seminar-trening tashkil etildi (+video)
Poytaxtimizning Yunusobod, Uchtepa, Olmazor tumanlari hamda Toshkent viloyati Toshkent tumanida mahalla raislarining zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish, hududlarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash hamda raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, shuningdek, mahalla raislarining ijtimoiy profilaktika bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarini oshirish maqsadida navbatdagi o‘quv seminar-treninglar tashkil etildi.
Mazkur seminarda tumanlardagi mavjud mahalla raislari ishtirok etdi. Seminar davomida ishtirokchilarning ijtimoiy-huquqiy sohadagi bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan “Jinoyatlarni barvaqt oldini olish” moduli bo‘yicha 4 ta o‘quv juftligi doirasida interfaol mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar jarayonida Jamoat xavfsizligi universitetining malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan tanqidiy kriminologiya, jinoyat o‘choqlarini prognozlash, onlayn va maishiy zo‘ravonlik profilaktikasi, mediatsiya institutini qo‘llash hamda “Mahalla yettiligi” faoliyatida korrupsion omillarni bartaraf etish kabi dolzarb mavzular batafsil yoritib berildi.
Seminar-trening yakunida muhim bosqich sifatida, mahalla raislaridan o‘tilgan davr mobaynida
• “Ijtimoiy profilaktika”;
• “Raqamli savodxonlik” va “Kibermadaniyatni shakllantirish”;
• “Amaliy psixologiya” va “Muammoli sotsiologiya”;
• “Ish yuritishni tashkil etish”;
• “Jinoyatlarni barvaqt oldini olish”;
• “Narkojinoyatlarga qarshi kurashish” modullari bo‘yicha nazorat sinovlari qabul qilindi.
O‘tkazilgan nazorat sinovlari mahalla raislarining o‘tilgan davr mobaynida o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash darajasini aniqlash hamda hududlarda jinoyatchilikni jilovlashning samarali mexanizmlarini shakllantirishga xizmat qiladi.
<iframe width="815" height="458" src="https://www.youtube.com/embed/kePHVKIxEhM" title="Mahalla raislari uchun seminar-trening tashkil etildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA