Mahalla aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hududiy filiallari ko‘chma tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalari tomonidan respublikamizning barcha hududlarida aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilmoqda. Fertil yoshidagi ayollar va bolalar, o‘smirlar, o‘smir qizlar, erkaklar salomatligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Tibbiy-ijtimoiy markazi shifokorlari tomonidan Toshkent shahar Yakkasaroy tumani “Qushbegi” mahallasi aholisi ham chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Aholiga bepul dori-darmon vositalari va vitaminlar berildi.
[gallery-13539]
Shuningdek, tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilib, fond tomonidan chop etilgan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi buklet va risolalar tarqatildi.
O‘tgan hafta davomida esa tuman mahallalarida 168 nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan edi.
Mohigul Qosimova,
Nosir Haydarov (surat), O‘zA