Mablag‘ingizni “Online” boshqaring va ko‘paytiring
ATB «Qishloq qurilish bank»da «Online» muddatli omonatiga mablag‘lar qabul qilish davom yetmoqda. Ushbu omonat turiga mablag‘ qoyish bilan, kelajak uchun foydali va ishonchli sarmoy yaratish imkoniga ega bo‘lasiz. Zero u sizga mablag‘laringizni qisqa muddatda sezilarli ko‘paytirish imkonini beradi. Shuningdek siz, istalgan vaqtda va istalgan joyda pul mablag‘laringizni omonatga joylashtirishingiz mumkin.
Ushbu omonat turida quyidagi qulayliklar mavjud. Xususan, omonat ochilgan kundan boshlab, hisoblangan foizlar oyma-oy to‘lab boriladi. Tabiiyki, pullaringiz xavfsizlikda saqlanadi.
Omonatga mablag‘lar 6 oyga yillik 21 foiz stavkada qabul qilinmoqda. Eslatib o‘tish joiz, omonatning yeng kam miqdori 1 000 000 so‘m va kelgusida qo‘shimcha kiritish imkoniyati mavjud emas.
Onlayn-omonatini ochish uchun Smartfoningizga Play marketdan ATB «Qishloq qurilish bank»ning «QUANT» mobil ilovasini yuklab olib, raqamli identifikatsiyalash tizimidan o‘tasiz. Buning uchun bank kartasiga ega bo‘lishingiz talab etiladi. Sizni qiziqtirgan omonatlar bo‘limini topib, mablag‘laringizni jo‘natsangiz kifoya.
Onlayn-omonatlarga, oddiy omonatlarga foizlar hisoblangandek hisoblanadi hamda pul elektron hamyonga o‘tkaziladi. Foizlarni hisob-kitob qilish uchun depozit kalkulyatoridan foydalanishingiz mumkin. Bir necha daqiqa ichida mablag‘aringiz jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limida rasmiylashtiriladi. Omonatning shartlariga ko‘ra, har kim o‘zi uchun eng mos tanlovni amalga oshirishi mumkin. Onlayn-omonatlar ishonchli va xavfsizdir.
Eslatib o‘tamiz, omonatning har qanday turi, miqdori va valyutasidan qat’iy nazar, Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tomonidan kafolatlanadi.
Onlayn-omonatlar va mobil ilovalardan foydalanish bilan bog‘liq muammollar yuzaga kelganda, ATB «Qishloq qurilish bank»ning rasmiy veb saytida ko‘rsatilgan raqamlar orqali mutaxassislarimiz bilan bog‘lanishingiz mumkin.
«Qishloq qurilish bank» – farovon hayotingiz xizmatida.
Murojaat uchun:
Telefonlar: +998 78 150 00 55
Qisqa raqam: 1254
Elektron pochta: headoffice@qqb.uz
Veb-sayt: www.qqb.uz
Telegram: @QQBANK
Facebook: http://fb.com/official.qqb.uz
Bank axborot xizmati