Lyuka Zidan og‘ir jarohat oldi: Zinedin Zidanning o‘g‘li mundialni o‘tkazib yuborishi mumkin
27 yoshli jazoirlik darvozabonning jag'i sindi.
Zinedin Zidanning o‘g‘li Lyuka Zidan jarohat oldi va agar o‘z vaqtida tiklana olmasa, jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin. Ushbu ko‘ngilsiz voqea Ispaniya chempionatining Segundasi doirasidagi «Granada» va «Almeriya» jamoalari o‘rtasidagi bahsda yuz berdi.
Zidan havodagi to'p uchun kurashga kirishdi, biroq raqib boshi bilan to'qnashuv natijasida uning jag‘i sindi. Endilikda Jazoir terma jamoasi ustozi Vladimir Petkovichda qo‘shimcha muammo paydo bo‘ldi — agar Lyuka yilning eng yirik futbol forumi boshlangunga qadar sog‘ayib ketmasa, uning o‘rnini kim bilan to‘ldirish masalasi ochiq qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati 11-iyun kuni start oladi.