Luvr karantindan keyin faoliyatini qaytadan boshladi
Dunyodagi eng mashhur muzeylarning biri, Parijdagi Luvr dushanbadan boshlab sayyohlarga eshiklarini ochdi.
Dunyodagi eng mashhur muzeylarning biri, Parijdagi Luvr dushanbadan boshlab sayyohlarga eshiklarini ochdi. Ushbu sanʼat maskani koronavirus epidemiyasi tufayli qariyb toʻrt oydan buyon yopib qoʻyilgan edi.
Fransiyada karantin choralari biroz yumshatilgandan keyin, may oyida unchalik katta boʻlmagan muzeylar ish boshlagan edi, yirik muzeylar esa iyunda ochildi. Luvr ularning eng soʻnggisi boʻldi.
Xabarda aytilishicha, muzeyga keluvchilarning aksariyat qismi fransuzlar, biroq Yevropaning boshqa mamlakatlaridan ham turistlar bor.
“Odatda Luvr kuniga 30-40 ming kishini qabul qilardi, ularning 75 foizi xorijlik boʻlardi. Hozir chegaralar yopiq boʻlgani uchun ularning yoʻqligi tabiiy hol. Biroq biz Luvrga har kuni 5-10 minggacha kishi kelishidan umid qilmoqdamiz”, - deydi muzey vakili.
Oʻtgan yili Luvrga 9,6 millionta turist kelgan.