Lukashenko saylovda 80,23 foiz ovoz toʻpladi
Lukashenkoni yoqlab 4 million 652 ming kishi ovoz bergan. Ovoz berishga 5 million 790 ming kishi kelgan, bu jami saylovchilarning 84,23 foizini tashkil etadi.
Hozircha Belarusning amaldagi Prezidenti Aleksandr Lukashenko 80,23 foiz ovoz olgani maʼlum boʻldi, deb xabar berdi respublika markaziy saylov komissiyasi rahbari Lidiya Yermoshina brifingda.
Lukashenkoni yoqlab 4 million 652 ming kishi ovoz bergan. Ovoz berishga 5 million 790 ming kishi kelgan, bu jami saylovchilarning 84,23 foizini tashkil etadi.
Qolgan nomzodlarning natijalari quyidagicha: Svetlana Tixanovskaya – 9,9 foiz, Anna Konopaskaya – 1,68 foiz, Andrey Dmitriyev – 1,04 foiz va Sergey Cherechen – 1,13 foiz. 6,02 foiz saylovchilar barcha nomzodlarga qarshi ovoz bergan.