Litvada NATOning harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
Litvada NATOning ilg‘or jangovar bo‘linmalari ishtirokidagi “Kuchli lochin 2022” harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi, deyiladi “RIA Novosti” xabarida.
Mamlakat armiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Litva piyoda qo‘shinlar brigadasi tomonidan tashkil qilingan mazkur mashg‘ulotlar Pabrade va Kazlu Ruda poligonida 9 martgacha davom etadi va unda 1500 nafar harbiy ishtirok etadi.
Bo‘linmalar tezkor ko‘chish, harbiy politsiyaga doir mashg‘ulotlarda Litva harbiy-havo kuchlari Buyuk Britaniya va boshqa davlatlardan kelgan askarlar bilan hamkorlikda harakat qiladi.
F.Abdurahimov