Lautaro Martines Argentina terma jamoasini JCh-2026 ning asosiy da’vogarlari qatoriga kiritdi
Dunyo birinchiligi joriy yilning 11-iyunidan 19-iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.
Argentina milliy terma jamoasi hujumchisi Lautaro Martines o‘z jamoasini bo‘lajak JCh-2026 musobaqasida g‘olib chiqishga eng asosiy uchta da’vogardan biri deb hisoblamoqda. Dunyo birinchiligi joriy yilning 11-iyunidan 19-iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Argentina terma jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.
"Biz jahon chempionatida g‘olib chiqish uchun asosiy uchta da’vogar qatoridamiz", — deya Martinesning so‘zlarini keltirmoqda The Touchline nashri X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
JCh-2026 ning guruh bosqich o‘yinlari 11-iyundan 27-iyungacha davom etadi. Unda jamoalarning har biri uchtadan o‘yin o‘tkazadi. Pley-off bosqichiga har bir guruhdan dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar, shuningdek, uchinchi o‘rinni band etgan eng yaxshi sakkizta terma jamoa yo‘llanma oladi. Turnir davomida jami 104 ta uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu jahon chempionatlari tarixi uchun mutlaq rekord natija hisoblanadi.