Latviyada oxirgi sutkada koronavirus aniqlanmadi
Latviyada soʻnggi 24 soat davomida COVID-19 virusiga 1467 ta test oʻtkazildi va faqat manfiy natija olindi.
Latviyada soʻnggi 24 soat davomida COVID-19 virusiga 1467 ta test oʻtkazildi va faqat manfiy natija olindi. Mamlakat Kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi saytida yakshanba kuni ertalab eʼlon qilingan maʼlumotga koʻra, hozircha umumiy zararlanish holatlari 1173 tani tashkil etmoqda.
“Pandemiya boshlangandan beri jami 169 947 COVID-19 testi tahlili amalga oshirildi, 1173 kishida xastalik alomatlari topildi. Oxirgi kun davomida 1467 inson tekshiruvdan oʻtkazilgan boʻlsada, ularning hech birida virus chiqmadi”, - deyiladi xabarnomada.
Pandemiya davrida Latviyada COVID-19 tufayli hammasi boʻlib 30 bemor vafot etgan.