KXDR o‘zining haqiqiy dushmanini ma’lum qildi
KXDRning dushmani Janubiy Koreya emas, balki AQSHdir. U shunchaki, Janubiy Koreyadan foydalanayapti, deyiladi Shimoliy Koreyaning Markaziy telegraf agentligi e’lon qilgan maqolada.
«Bizning nishonimiz – Janubiy Koreya armiyasi emas, balki Okean ortidagi AQSH qo‘shinlaridir. AQSHning Janubiy Koreyadan foydalanib gegemonlik qilish maqsadi, nodon odamning qilig‘iga o‘xshaydi. «Salomiga yarasha alik olinadi», degan ibora bor», – deydi agentlikning xalqaro siyosat bo‘yicha sharhlovchisi Kim Myon Chxol.
Uning ta’kidlashicha, AQSH va Janubiy Koreya hukumatlari o‘zlarining jizzakiligini ochiqchasiga namoyon qildi va ularga KXDRning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashini yoki BMT rezolyutsiyasini buzishini muhokama qilishga huquq berilmagan.