Kuvaytda O‘zbekiston fuqarolari ovoz bermoqda
Kuvayt Davlatidagi elchixonamizda tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 14-Toshkent shahar saylov okrugining 23-sonli uchastkasida ham saylov davom etmoqda.
Davlatimiz madhiyasi ijro etildi, elchixona eshiklari saylovchilar uchun ochildi.
Elchixonada Kuvaytda istiqomat qilayotgan va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarimiz milliy saylov qonunchiligimiz talablariga muvofiq tarzda tashkil etilgan ovoz berish jarayonida ishtirok etmoqda.
Saylovchilar saylov uchastkasida joylashtirilgan beshta siyosiy partiyadan Prezidentlikka nomzodlar va ularning saylovoldi dasturlari to‘g‘risidagi ma’lumot bilan tanishib, o‘zlari tanlagan nomzodga ovoz bermoqda.

– Quvaytda yashaydigan va mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz o‘z konstitutsion huquqidan foydalanib, ovoz berish uchun kelmoqda. Ular orasida turli kacb egalari – shifokorlar, o‘qituvchilar, tarjimonlar, sport va madaniyat xodimlari bor. Vatandoshlarimiz yurtimiz kelajagi, xalqimizning ertangi kuni uchun ovoz bermoqda. Men ham o‘z nomzodimni qo‘llab-quvvatladim, – deydi Kuvaytda yashaydigan G‘ayrat Zunnunov.
Nasiba Ziyodullayeva,
O‘zA