Kursantlar uchun psixologik trening
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan Toshkent shahar qo‘riqlash boshqarmasida «Muammoli shaxslarga psixologik maslahat va korreksion ta’sir mexanizmlari» mavzuida tadbir o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlarda universitetning xizmat faoliyatini psixologik ta’minlash mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan kursantlari kasbiy ko‘nikmalarini oshirdi.
Harbiy xizmatchilar va kursantlarga nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berish maqsadida tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilar bo‘lim faoliyati, bu yerda yaratilgan sharoitlar, xususan, Milliy gvardiyada psixologik xizmatni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Ularga bo‘limning namunaviy psixologik markazi faoliyati hamda sohaga oid me’yoriy hujjatlarni yuritish tartibi haqida tushunchalar berildi.
Tadbirda shuningdek, psixologlar bilan o‘tkaziladigan psixokorreksion mashqlar va psixotreninglar bo‘yicha o‘quv-treninglar tashkil etildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA