Kurash – mardlik va halollik timsoli
Poytaxtimizda xalqimizning milliy qadriyati bo‘lgan belbog‘li kurashni jahon miqyosida rivojlantirish, amalga oshirilayotgan ishlar sarhisobi va istiqboldagi rejalarga bag‘ishlab davra suhbati tashkil etildi.
Poytaxtimizda xalqimizning milliy qadriyati bo‘lgan belbog‘li kurashni jahon miqyosida rivojlantirish, amalga oshirilayotgan ishlar sarhisobi va istiqboldagi rejalarga bag‘ishlab davra suhbati tashkil etildi.O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi markaziy kengashi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi a’zolari, mamlakatimiz belbog‘li kurash federatsiyasi vakillari, murabbiy va sportchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Istiqlol yillarida milliy sport turlarini rivojlantirish, yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun shart-sharoit yaratishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida belbog‘li kurash ham ommalashib borayotir. Belbog‘li kurashga bo‘lgan qiziqish tubdan o‘zgardi, uning qoidalari takomillashtirildi. Ushbu sport turi bo‘yicha mamlakatimizda nufuzli musobaqalar tashkil etilib, bolalar va o‘smirlar sport maktablarida yuzlab sport to‘garaklari faoliyat yuritmoqda.
Mamlakatimizda belbog‘li kurash turi bilan ellik mingdan ortiq o‘g‘il-qiz muntazam shug‘ullanmoqda. Ular Osiyo, jahon chempionatlari va xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy egallab kelmoqda.
Davra suhbatida "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi va Belbog‘li kurash federatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida fikr-mulohazalar bildirildi.