Kun xabarlari qisqa satrlarda
Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markaziga yangi rahbar tayinlandi.
Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi 2-sektor shtabida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori B.Qudratxoʻjayev sayyor qabul oʻtkazdi.
***
Buxoro viloyati Olot tumanida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) boʻlimi yangi zamonaviy binoda faoliyat boshladi.
***
Boʻka tumani Boʻston mahallasida joylashgan, 11 mahalla aholisiga xizmat koʻrsatuvchi 1-sonli Ichki ishlar boʻlimi binosi zamonaviy tarzda qurilib, foydalanishga topshirildi.
***
Toshkent viloyati IIBB YHX boshqarmasi tomonidan “Yoʻl harakati xavfsizligi targʻiboti kuni”da xalqaro va shaharlararo yoʻnalishlarda yoʻlovchi va yuk tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi haydovchilar bilan targʻibot suhbatlari tashkil etildi.
***
Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markaziga yangi rahbar tayinlandi. Markaz direktori sifiatida ish boshlagan Qutbiddin Burhonov pedagoglar, masʼul xodimlar hamda malaka oshirayotgan 230 dan ortiq tinglovchilar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.
***
Jizzax viloyatida joriy yilning olti oyi davomida hududiy rahbarlar tomonidan 1 ming 212 marotaba sayyor qabul oʻtkazilib, ularda jami 10 ming 573 fuqaroning murojaatlari qabul qilindi. Bu murojaatlarning 5 ming 502 tasi yoki 52 foizi qanoatlantirildi.