Kumush Xo‘jayeva kumush medal sohibi
Parij shahrida davom etayotgan Paralimpiya o‘yinlarining para dzyudo bo‘yicha ayollar o‘rtasida J2 klassida -57 kg vazn toifasidagi final bahslari yakunlandi.
Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Kumush Xo‘jayeva yaponiyalik Xirose Junkoga qarshi tatamiga chiqdi. Afsuski, hamyurtimiz hal qiluvchi bellashuvda imkoniyatni boy berdi va delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi kumush medalni qo‘shib qo‘ydi.
Shuningdek, para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida J1 klassida -73 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Shohrux Mamedov bronza medali uchun germaniyalik Lennart Sassga qarshi kurash olib bordi. Afsuski, vakilimiz ushbu qarama-qarshilikda imkoniyatni boy berdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA