Kuchlilar Buxoroda aniqlandi
Buxoroda 2000-yilda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi o‘smirlar va qizlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha mamlakat chempionati bo‘lib o‘tdi.
Buxoroda 2000-yilda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi o‘smirlar va qizlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha mamlakat chempionati bo‘lib o‘tdi.Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan 170 nafar o‘g‘il-qiz o‘zaro bahslashdi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida Toshkent viloyati vakili Islom Sultonov, Andijon viloyatidan Abdulaziz Anorboyev, Namangan viloyatidan Pahlavon Ma’rupov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Qizlar bahsida Toshkent viloyatidan Aynur Abdurahimova, Mehriniso Norqulova va Andijondan Husnora Iminovaga teng keladigani topilmadi.
Juftlik bahslarida Toshkent viloyati vakillari Islom Sultonov va Afzal Nosirxo‘jayev, namanganlik Pahlavon Ma’rupov va Ismatulla Ma’rufxonov, andijonlik Abdulaziz Anorboyev va Hikmatullo G‘ofurov juftliklari g‘olib bo‘ldi. Qizlar bahsida Sirdaryo viloyatidan Mashhura Ibodullayeva va Gulhayo To‘xtasinova, Buxoro viloyatidan Shahnoza Bahodirova va Norjon G‘iyosova, Andijon viloyatidan Husnora Iminova va Nafisjamol Dadaboyeva juftliklari mahoratda ustunligini isbotladi.
– Chempionat o‘z yosh toifasida kuchlilarni aniqlab berdi, – deydi Buxoro viloyati terma jamoasi bosh murabbiyi Gulnora Sharopova. – Bugun qiziqarli bahslarda o‘z mahoratu shijoatini namoyish etgan o‘g‘il-qizlar orasidan kelgusida xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qila oladigan sportchilar yetishib chiqishiga ishonamiz.