Kuchli yomgʻirdan jabrlanganlar yoʻq
Jizzax viloyatida ikki kun davomida yoqqan yomgʻir tufayli ayrim hududlarda aholining uy-joylariga suv kirib, xatarli vaziyat yuzaga kelgan.
Jizzax viloyatida ikki kun davomida yoqqan yomgʻir tufayli ayrim hududlarda aholining uy-joylariga suv kirib, xatarli vaziyat yuzaga kelgan.
Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga koʻra, Doʻstlik, Zarbdor, Baxmal, Sharof Rashidov tumanlarida ayrim xonadonlarning, koʻp qavatli uylarning hovlilarini suv bosgan.
Toshqin roʻy bergan joylarga viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruvchilari yetib borib zarur choralar koʻrgan. Boshqarmaning kuch va texnika vositalari safarbar qilinib xatar bartaraf etilgan.
Qutqaruvchilarning saʼy-harakati bilan fuqarolarning turar-joylari hovlilariga toʻplangan suvlar chiqarib tashlangan. Jabrlanganlar yoʻq.