Kryeollashuv va polikodlik fyenomyenlarining nazariy-myetodologik asoslari
Nargiza Rahmonbek qizi YUSUPOVA mustaqil tadqiqotchi O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy axborot kommunikatsiyalari universiteti Toshkent, O‘zbekiston ORCID: 0009-0009-5220-3911 e-mail:yusupovan2211@gmail.com
Annotatsiya
Maqolada kreollashuv va polikodlik fenomenlarining nazariy-metodologik asoslari jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya nuqtayi nazaridan tadqiq etilgan. Xususan, verbal, vizual, audio va grafik kodlarning integratsiyasi natijasida shakllanadigan media matnlarning kommunikativ samaradorligi, auditoriyaga ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari hamda axborotni idrok etish jarayoniga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy qarashlari qiyosiy tahlil qilinib, kreollashuv va polikodlikni tadqiq etishning zamonaviy metodologik tamoyillari umumlashtirilgan. Tadqiqot natijalari zamonaviy media mahsulotlari, raqamli platformalar va audiovizual kontentni tahlil qilishda nazariy-metodologik asos sifatida xizmat qilishi mumkin.
Tayanch so‘zlar: kreollashuv, polikodlik, kreol matn, polikodli media matn, multimodallik, media diskurs, semiotika, vizual kommunikatsiya, audiovizual media, ommaviy kommunikatsiya, media lingvistika, diskurs tahlili, kommunikativ samaradorlik.