Kosonsoyda ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘i asosida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida “Buloq” suv tarqatish inshooti qurilmoqda.
Qiymati 2,2 million AQSH dollarini tashkil etgan mazkur loyiha LLC “Farg’ona Me’mor Qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilmoqda. U foydalanishga topshirilgach, tuman hududidagi Yangi O‘zbekiston, Qo‘qumboy, Yangiyo‘l, Yangishahar mahallalarida yashovchi 8 ming 300 dan ziyod aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi.
[gallery-21481]
Shuningdek, tumanda yana bir “Obod” suv tozalash inshooti rekonstruksiyasiga kirishildi.
Rejaga ko‘ra, mazkur suv tozalash inshootidan Davlatobod tumanida barpo etilayotgan “Yangi Namangan shaharchasi”gacha magistral suv tarmog‘ini qurish ob’ekti bo‘yicha ekspertiza xulosasi olingan.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA