“Kosmonavtlar” metro bekatida vagon tutab ketdi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur holat bo‘yicha ma’lumot berdi.
Bugun, soat 12:15 da ijtimoiy tarmoqda Toshkentdagi “Kosmonavtlar” metro bekatida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar tarqaldi.
Aniqlanishicha, 34-sonli harakat tarkibida mashinist tomonidan nosozlik aniqlangan. Shu sababli, bekatda yo‘lovchilar vagondan tushirilib, xavfsizlik choralari ko‘rilgan.
Voqea joyida hech qanday yong‘in sodir bo‘lmagan. Nosoz vagon ta’mirlash uchun DEPOga yuborilgan.
Fuqarolar xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan, hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Voqea joyiga shahar hamda tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbar xodimlari va 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan.
O‘zA