Korrupsiyaga qarshi interfaol sayyor dars tashkil etildi
Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazida Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamkorligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va kompleks nazorat” o‘quv kursi tashkil etildi.
Tadbirda qayd etilganidek, ҳозирги globallashuv sharoitida korrupsiya barcha mamlakatlarda qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Binobarin, hech bir davlatni korrupsiyadan xoli hudud, deb hech kim ayta olmaydi.

Tadbirda tegishli qonunchilikdagi yangiliklar, sun’iy intellekt bilan ishlashning nozik jihatlari va korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun javobgarlik masalalari xususida tushunchalar berildi.
Kurs yakunida dars mashg‘ulotlarida faol qatnashgan tinglovchilarga Institutda nashr etilgan yuridik adabiyotlar taqdim etildi.

Ta’kidlanganidek, ushbu o‘quv mashg‘uloti tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash imkoniyatini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA