Koronavirusga uchraganlar soni 330 milliondan oshdi
Dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan zararlanganlar 330 milliondan, vafot etganlar 5,55 milliondan oshdi, — deya xabar bermoqda TASS Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga tayanib.
Chorshanba kuni e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, 332 617 707 kishi kasallangan va 5 551 314 bemor vafot etgan. Bir kunda virus yuqtirganlar 3 million 156 ming 986 nafarga, vafot etganlar esa 6 ming 889 nafarga oshgan.
JSST ma’lumotiga ko‘ra, eng ko‘p infeksiya bilan zararlanish holati qayd etilgan mamlakatlar ro‘yxatini Amerika Qo‘shma Shtatlari - 66 254 888, Hindiston - 37 901 241, Braziliya - 23 074 791, Buyuk Britaniya - 15 399 304 Fransiya - 14 346 424 boshqarmoqda.
O‘lim holati bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich kuzatilgan davlatlar qatori boshida AQSH (846,647), Braziliya (621,166), Hindiston (487,202),keyingi o‘rinda Rossiya (323,376) va Meksika (301,469) turibdi.