Koronavirus: Qozogʻistonda bugun nima gap?
Mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumoti: Bemorlar -1735 kishi. Sogʻayganlar – 401 nafar. Oʻlim holati – 19 ta.
Qozogʻistonda koronavirusdan kasallanish bilan bogʻliq yangi holatlar qayd etilishi davom etyapti. Demak, mamlakat Bosh sanitar shifokorining fikricha, karantin hali-beri tugamaydi. Shunga qaramasdan, 20-apreldan Qozogʻistonda ayrim korxonalar faoliyati tiklandi.
Mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumoti: Bemorlar -1735 kishi. Sogʻayganlar – 401 nafar. Oʻlim holati – 19 ta.
Kecha Almati shahrida COVID-19 tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilganlardan yana ikki nafari vafot etdi. Ularning ahvoli oʻta ogʻir, deya baholangan edi.
Shifokorlar maʼlum qilishicha, 1958-yilda tugʻilgan erkakni infeksiyadan tashqari oʻtkir destruktiv pankreatit, anemiyaning ogʻir shakli, arterial gipertoniya kabi yana bir necha yoʻldosh xastaliklar ham bezovta qilgan. Bemor yurak faoliyati toʻxtashi oqibatida jon bergan.
Ikkinchi bemor — 1931-yilda tugʻilgan ayol ham oʻta ogʻir ahvolda boʻlgan. Marhumaga yurakning ishemik xastaligi, arterial gipertenziya, dissirkulyator ensefalopatiyasi singari jiddiy tashxislar ham qoʻyilgan edi.
Almati shahrida 20-aprel kuni COVID-19 bilan bogʻliq 524 ta yangi holat qayd etilgan. Yuqumli kasalliklar statsionarlarida koronavirus infeksiyasidan 436 kishi davolanmoqda. Ulardan biri Almati viloyatidan.
Qozogʻistonda ikki bemorning ahvoli oʻta ogʻir, olti kishi ogʻir ahvolda, 138 kishi oʻrta darajada xastalangan. Qolgan mijozlar holati — qoniqarli. 84 kishi koronavirus infeksiyasini yengib oʻtgan.
Provizor gospitallarida 294 bemor mavjud, 520 kishi karantin izolyatsiyasiga olingan, 9 764 fuqaro uy karantinida.